Brend

Toshkentda ishlab chiqaramiz

LOMO — yig'ma mebel ishlab chiqaruvchi o'zbek brendi.

Biz mebelni shunday loyihalaymizki, u tekis qutiga sig'sin, oddiy mashinada tashilsin va uy egasi uni usta chaqirmasdan yig'a olsin.

Har bir model uch narsaga qarab tekshiriladi: xonaga sig'adimi, arzon tushadimi va bir kishi uni yig'a oladimi. Uchtasidan biri bajarilmasa, model katalogga chiqmaydi.

Ishlab chiqarish

Panellar o'lchamga kesiladi, teshiklar stanokda ochiladi. Shuning uchun yig'ayotganda hech narsa mos kelmay qolmaydi.

Qadoqlash

Mebel yo'lda shikastlansa, mijozning kayfiyati ham, bizning obro'yimiz ham buziladi. Shuning uchun quti ko'p qatlamli, burchaklari himoyalangan va muhrlangan holda chiqadi.